2024-yilda Yandex Go tufayli o‘zbekistonliklar $530 mln ishlab topishdi

Joriy yilning 6 oyida ularning daromadi qariyb $340 mlnni tashkil qilmoqda

2024-yilda Yandex Go tufayli o‘zbekistonliklar $530 mln ishlab topishdi

Yandex Go buyurtmalaridan haydovchilar, kuryerlar va hamkor parklarning daromadi 2024-yilda qariyb $530 mlnni tashkil etdi, 2025-yilning birinchi yarmida esa qariyb $340 mln ishlashgan, bu 2024-yilning shu davriga nisbatan bir yarim barobar ko‘p.

Bu haqda Yandex Uzbekistan’ning davlat organlari bilan aloqalar bo‘yicha direktori Sardor Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Bu summaga taksi, yetkazib berish, oziq-ovqat va do‘kon xizmatlari haydovchilari, kuryerlari va hamkorlarining kompaniya xizmatlari uchun komissiya chegirilgan holdagi buyurtmalar uchun olgan daromadlari kiradi.

2025-yil iyun oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Yandex Go’da taksi va yetkazib berish xizmatlarida 179 ming haydovchi va 49 ming kuryer foydalanuvchi buyurtmalarini bajargan. Kompaniya buyurtmalarni 7−8 soat davomida bajaradigan ijrochilar ulushining sezilarli o‘sishini qayd etmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga 15-iyuldan start beriladi
/
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumiga 15-iyuldan start beriladi
O‘zbekistonda 5 mln kishi kamida bitta bank kreditiga ega — Markaziy bank
/
O‘zbekistonda 5 mln kishi kamida bitta bank kreditiga ega — Markaziy bank
Ipotekani subsidiyalash uchun arizalar berish 10-iyuldan boshlanadi
/
Ipotekani subsidiyalash uchun arizalar berish 10-iyuldan boshlanadi