Yandex Uzbekistan striming servisi Allplay’ni sotib oladi

Raqobat qo‘mitasi bitimni platformaning mustaqilligini saqlash sharti bilan ma’qulladi

Yandex Uzbekistan striming servisi Allplay’ni sotib oladi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Yandex Uzbekistan tarkibiga kiruvchi “Plus Entertainment Services Holding Ltd” kompaniyasining striming servisi Allplay’ni sotib olish bo‘yicha murojaatini ma’qulladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Murojaat “Allmedia Safe Service” va “Anyway” kompaniyalaridagi ulushlarni xarid qilishga tegishli bo‘lib, ushbu kompaniyalar Allplay platformasiga egalik qiladi va uni boshqaradi. Allplay onlayn-translyatsiyalar, video va audiokontent almashinuvi, jumladan televideniye va kino xizmatlarini taqdim etadi.

Avgust oyida antimonopoliya organi “Allmedia Safe Service”ni onlayn-video va audio segmentidagi raqamli platforma operatori sifatida dominant mavqega ega deb topgan edi. Shu bois bitim majburiy tartibda regulator ko‘rib chiqadigan toifaga kirgan.

Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi o‘tkazilgan tahlildan so‘ng oldindan rozilik berdi. Asosiy shartlar bozor diskriminatsiyasi va raqobatning cheklanishi xavfini oldini olishga qaratilgan.

Talablar qatoriga Allplay platformasining mustaqil bozor ishtirokchisi sifatida faoliyatini saqlab qolish, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 256-son qaroriga rioya qilish hamda foydalanuvchilar va tadbirkorlar huquqlarini cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik kiradi.

Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov Telegram-kanalida barcha kelishuvlar yakunlanganini tasdiqladi va Allplay o‘z brendi ostida ishlashda davom etishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, servis “Yandex Plus” yagona obunasiga integratsiya qilinadi. Foydalanuvchilar filmlar va seriallar bilan birga musiqa, kitoblar, sport translyatsiyalari hamda ekotizim bonuslari — keshbek va “Yandex Go” orqali “Yeda” yetkazib berish xizmatining bepul dostavkasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi