Yakkasaroy tumanida biznes markazlar, zamonaviy mehmonxonalar va mehmonxona majmuasi quriladi

Investitsiyalarning umumiy hajmi $70 mln ni tashkil etadi

Yakkasaroy tumanida biznes markazlar, zamonaviy mehmonxonalar va mehmonxona majmuasi quriladi

Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Griffin Development” vakillari va boshqa xorijiy investorlar bilan tuman iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollari hamda investitsiya muhitini muhokama qilish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi

Muzokaralarda Glinka ko‘chasidagi 37-, 39- va 41-uylar hududida qurilish loyihasi ko‘rib chiqildi. Ushbu joyda 16 qavatli uchta biznes markazi, zamonaviy mehmonxona, maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi va rivojlangan infratuzilmaga ega turar-joy binolari barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Investitsiyalarning umumiy hajmi $70 mlnni, qurilish maydoni esa 0,63 gektarni tashkil etadi.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi tuman me’moriy qiyofasini yangilash va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik qilish, ishlarni sifatli bajarish va qurilish muddatlariga qat’iy rioya etish bo‘yicha kelishib olindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi