O‘zbekistonda “Yagona investitsiya platformasi” axborot tizimi joriy qilinadi

Shuningdek, Xorijiy investorlar kengashining yangilangan tarkibi tasdiqlandi

O‘zbekistonda “Yagona investitsiya platformasi” axborot tizimi joriy qilinadi

O‘zbekistonda “Yagona investitsiya platformasi” axborot tizimi joriy qilinadi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan “Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda so‘z boradi.

Hujjatda 2025-yil 11-iyun kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yalpi majlisi doirasida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan.

Jumladan, davlat rahbari huzuridagi Kengashda ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun harakatlar rejasi va Xorijiy investorlar kengashi O‘zbekiston tomonining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, Kengash huzurida yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etiladi va ularning tarkibiga tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari (yoki xodimlari) jalb etiladi.

Shuningdek, hujjatda Kengash kotibiyati va ishchi guruhlar faoliyatini takomillashtirish zarurligi ta’kidlanib, bunda xalqaro moliya institutlarining takliflari inobatga olingani qayd etilgan.

Kotibiyat nodavlat notijorat tashkilot maqomida tuziladi va uning tarkibiga xalqaro moliya institutlari ham a’zo bo‘ladi. U xorijiy investorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlash, investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va investitsiya mablag‘larini jalb qilishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, Kengash kotibiyati hamda ishchi guruhlar faoliyati natijalari bo‘yicha har chorak yakunida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga axborot berib boriladi.

Ishchi guruhlar har oyda kotibiyat bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazadi va investitsiya muhitini yaxshilashga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

ILMA “TGHAMYON” ga kripto-depozitariy faoliyati bo‘yicha litsenziya berdi
/
ILMA “TGHAMYON” ga kripto-depozitariy faoliyati bo‘yicha litsenziya berdi
Sentabr oyidan O‘zbekistonda Ai-80 benzini ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi
/
Sentabr oyidan O‘zbekistonda Ai-80 benzini ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi