XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozini yaxshiladi

2025-yilda YAIM o‘sishi 6,8% darajada kutilmoqda, biroq inflyatsiya 9% dan oshishi mumkin

XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha prognozini yaxshiladi

2025–2026-yillarda respublika yalpi ichki mahsulotining o‘sishi inflyatsiya sur’atlarining oshishi fonida kutilmoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining “Jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari” nomli hisobotida ma’lum qilingan.

Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 6,8% ga oshadi — bu ko‘rsatkich aprel oyidagi 6,5% prognozdan 0,3% bandga yuqori. 2026-yil uchun prognoz ham yuqoriga qayta ko‘rib chiqilgan — 5,8% o‘rniga 6% etib belgilangan.

Shu bilan birga, jamg‘arma tahlilchilari iste’mol narxlari o‘sish sur’atlarining tezlashishini kutmoqda. Avval inflyatsiya 8,4% gacha pasayadi, deb prognoz qilingan bo‘lsa, endi 2025-yilda u 9,1% gacha oshishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich Respublikamiz Markaziy bankining sentabr oyidagi 8,7% prognozidan yuqori.

2026-yil uchun inflyatsiya darajasi bo‘yicha prognoz ham 6,5% dan 7,1% gacha oshirilgan. Aprel oyidagi prognoz Markaziy bankning 5% atrofidagi maqsadli ko‘rsatkichiga yaqin edi.

Mehnat bozori ham ijobiy dinamikani ko‘rsatmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognozlariga ko‘ra, ishsizlik darajasi izchil kamayadi: 2024-yilda 5,5% bo‘lgan ko‘rsatkich 2025-yilda 5% gacha, 2026-yilda esa 4,5% gacha pasayadi.

Bundan tashqari, jamg‘arma joriy hisob balansi bo‘yicha saldoda sezilarli yaxshilanishni prognoz qilmoqda. 2025-yilda taqchillik yalpi ichki mahsulotning 5% dan 2,4% gacha qisqarishi kutilmoqda. 2026-yilda esa bu ko‘rsatkich 4,8% o‘rniga 4,6% darajasida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi dunyo bozorlarida oltin narxining oshishi bilan izohlanmoqda — hozirda bir unsiya oltin narxi $4100 dan oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shavkat Mirziyoyev Toshkentning yangi aeroporti qurilishiga start berdi
/
Shavkat Mirziyoyev Toshkentning yangi aeroporti qurilishiga start berdi
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar savdosidagi chegirmalar muddati uzaytirildi
/
O‘zbekistonda qimmatbaho metallar savdosidagi chegirmalar muddati uzaytirildi
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 8,6 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi
/
Yil boshidan buyon O‘zbekistonga 8,6 mlndan ortiq turist tashrif buyurdi