6.1.2025 | 16:33
O‘zbekistonda xorijiy tilni biladigan davlat xizmatchilariga ustama to‘lash to‘xtatildi
Yangi tartib yilning 1-yanvaridan kuchga kirgan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
1-yanvardan e’tiboran, xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga qo‘shimcha ustama to‘lash to‘xtatildi. Bu 2025 yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlashga oid prezident qarorida belgilangan.
Xorijiy tilni biladigan davlat xizmatchilariga ustama to‘lash 2022-yil 1-yanvardan boshlangan edi. Oradan 2 yil o‘tib, bu tartib bekor qilindi.
Ustama miqdori xodimning lavozim maoshiga nisbatan 20% gacha deb belgilangan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ