Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar qariyb 116 mlrd soʻm soliq toʻlagan

Qiymatning 99,9%i Meta va Google qatorida jami 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi

Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar qariyb 116 mlrd soʻm soliq toʻlagan

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yilda 115,8 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu 2023-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. Bu haqda Soliq Qoʻmitasi ma’lum qildi

To’langan soliqlarning 99,9 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Meta — 41,7 mlrd so’m;
  • Google — 29 mlrd so’m;
  • Apple — 27,3 mlrd so’m;
  • Amazon — 4,1 mlrd so’m;
  • Вooking.соm — 3,6 mlrd so’m;
  • Netflix — 1,4 mlrd so’m;
  • Zoom — 1,4 mlrd so’m;
  • Acca — 1,2 mlrd so’m;
  • Xsolla — 966,7 mln so’m;
  • TikTok — 903 mln so’m.

Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
/
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi