O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar 2025-yilda 181,3 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 50% ga oshdi

O‘zbekistonda xorijiy IT-kompaniyalar 2025-yilda 181,3 mlrd so‘m soliq to‘ladi

2025-yilda O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 78 ta xorijiy kompaniya tomonidan jami 181,3 mlrd so‘m soliq to‘landi, deb xabar bermoqda Soliq qo’mitasi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 50% ga oshdi.

Eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar TOP-10 taligi quyidagicha:

  • Apple — 49,5 mlrd so‘m;
  • Meta — 49 mlrd so‘m;
  • Google — 44,4 mlrd so‘m;
  • OpenAI — 11,7 mlrd so‘m;
  • Booking.com — 4,3 mlrd so‘m;
  • TikTok — 3,5 mlrd so‘m;
  • Netflix — 1,8 mlrd so‘m;
  • ACCA — 1,6 mlrd so‘m;
  • Xsolla — 1,5 mlrd so‘m;
  • Amazon — 1,4 mlrd so‘m.

Amaldagi tartibga ko‘ra, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar soliq hisobotlarini har chorakdan keyingi oyning 20-kuniga qadar topshirishi va soliqlarni belgilangan muddatda to‘lashi shart.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlarini davlat qoplab beradi
/
Oʻzbekistonda ayrim toifadagi talabalarning yotoqxona xarajatlarini davlat qoplab beradi
Turkiya “Akkuyu” AES qurilishiga 1,5 ming nafar o‘zbekistonlikni jalb etadi
/
Turkiya “Akkuyu” AES qurilishiga 1,5 ming nafar o‘zbekistonlikni jalb etadi
O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzoladi
/
O‘zbekiston va Turkiya o‘zaro hamkorlikka oid 13 ta hujjat imzoladi