Ikkita parrandachilik kompleksini ishga tushirish uchun Xo’jayliga $10 mln sarmoya kiritiladi

Shuningdek, To’rtko’lda tadbirkorlar qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydilar

Ikkita parrandachilik kompleksini ishga tushirish uchun Xo’jayliga $10 mln sarmoya kiritiladi

Xo’jayli shahridagi Samonko’l va Bag’man mahallalarida tadbirkorlar ikkita parrandachilik majmuasini ishga tushirish uchun $10 mln sarmoya kiritmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

To’rtko’ldagi Ullibog’ mahallasida oltita tadbirkor qurilish materiallari ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Agar ularga magistral temir yo’lga ulanish uchun 100 metr tarmoqni mustaqil ravishda yotqizish imkoniyati berilsa, bu mahsulot hajmini 50 mlrd so’mga oshirish va tovarlarni $2 mlnga eksport qilish imkonini beradi. 

Beruniy, To’rtko’l, Xo’jayli va Amudaryo tumanlari orqali o’tadigan “G’uzor — Buxoro — Nukus — Beynov” yo’li bo’ylab 140 gektar yerda 300 ta savdo va xizmat ko’rsatish obyektlari joylashtirilishi rejalashtirilgan. 

Ellikqal’a tumanida 19 mahallada bozorlar yo’q. Agar ushbu mahallalar yaqinida 10 gektar yer ajratilsa, tadbirkorlardan biri zamonaviy bozor qurilishiga $5 mln sarmoya kiritishga tayyor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi