Xitoylik investorlar Farg’onada savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalari va mehmonxonalar qurishni rejalashtirishmoqda

Viloyatda bugungi kunda Xitoy investitsiyasi bilan 200ga yaqin korxona faoliyat olib bormoqda

Xitoylik investorlar Farg’onada savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalari va mehmonxonalar qurishni rejalashtirishmoqda

Farg‘ona viloyati hokimi Xitoylik investorlar va ularning viloyatdagi hamkorlari bilan xitoyliklar tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan mehmonxona, ko‘p qavatli turar joy kompleksi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari loyihasi muhokamasi bo’lib o’tdi.

Viloyatda bugungi kunda Xitoy investitsiyasi bilan tashkil etilgan 200 ga yaqin korxona faoliyat olib borayotgani qayd etildi.  Shuningdek, xitoylik investorlar amalga oshirgan yirik loyihalar ham taqdim etildi.

Mehmonxona, ko‘p qavatli turar joy kompleksi, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari loyihasini tayyorlash ishlari to‘liq yakungach, amalga oshirishning navbatdagi bosqichiga o‘tish borasida kelishib olindi.

Bundan oldin, Xitoylik investorlar Farg’onada qiymati $30 mlnlik qishloq xo’jaligi texnikasi ishlab chiqarishni yo’lga qo’ymoqchi ekanligi haqda xabar berilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi