Namanganda xitoylik investorlar $530 mlnlik loyihalarni amalga oshiradi
Bundan tashqari, viloyatda $30 mlnga neftni qayta ishlash majmuasini qurish rejalashtirilgan

2025-yil 1-2-iyun kunlari “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida Ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar bermoqda.
Tadbirda ikki davlat vakillari, tadbirkorlar bilan jami 2800 dan ortiq kishi ishtirok etdi.
Forum davomida Xitoyning 20 ga yaqin kompaniyalari, jumladan, “Shaanxi Construction Engineering”, “Yalan Textile”, “Shaanxi Coal and Chemical Industry” va boshqa kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib borildi.
Forum davomida yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirishni nazarda tutuvchi o‘ndan ortiq bitimlar imzolandi. Xususan, Namangan viloyati vakillari Xitoy kompaniyalari bilan $530 mlnlik shartnomalar imzolanganini ma’lum qildi.
Navoiy viloyati delegatsiyasi “Hong Dau Ke Ji” kompaniyasi bilan Karmana tumanida qiymati 1$30 mln bo‘lgan neftni qayta ishlash majmuasini qurish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bundan tashqari, “Shichuan Chuahe Shengxin Electric Engineering” kompaniyasi Yangi Navoiy shahrida savdo markazi qurilishiga $5 mln sarmoya kiritishni va oltin-kumush konlarini o‘zlashtirishga yana $20 mln yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ