Xitoy bozorida O’zbekiston tovarlari shourumi ochiladi

Shourumda qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik, ipak va to'qimachilik mahsulotlari namoyish etiladi

Xitoy bozorida O’zbekiston tovarlari shourumi ochiladi

Xitoy bozorida o’zbek tovarlari shourumi ochiladi va «Made in Uzbekistan» yirik ko’rgazmasi o’tkaziladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

Bozor ma’muriyati vitse-prezidenti Pin Chen bilan muzokaralar chog’ida o’zaro savdoni kengaytirish va mahalliy qishloq xo’jaligi mahsulotlari, hunarmandchilik mahsulotlari, o’zbek ipaklari va to’qimachilik mahsulotlari namoyish etiladigan ko’rgazma maydoni ajratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xitoylik hamkorlar o’zbek mahsulotlarini «LIUHUA Market» onlayn platformasi orqali sotishni taklif qilishdi.

Guanchjou Markaziy tumanida joylashgan «LIUHUA Market» umumiy maydoni 30 ming kvadrat metrni tashkil etadi va nafaqat shahardan, balki boshqa viloyatlardan va xorijiy mamlakatlardan xaridorlarni jalb qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
/
Avtomobilni jarima maydonchasidan olib chiqish uchun elektron xizmat ishga tushiriladi
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi
/
O‘zbekistonda iyun oyida 80 mingga yaqin yengil avtomobil sotildi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘sishda davom etmoqda