Xitoy Farg‘ona viloyatiga traktor ishlab chiqarish uchun $100 mln investitsiya kiritadi

Loyihaga birinchi bosqichda  $30 mln sarflanadi

Xitoy Farg‘ona viloyatiga traktor ishlab chiqarish uchun $100 mln investitsiya kiritadi

Xitoy Farg‘ona viloyatida “Tulpor” brendi ostida traktor ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investor Yuan Yanpin bilan Quvasoy shahrida joylashgan sanoat zonasida traktor ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirish masalasini muhokama qildi. Investitsiya loyihasining umumiy qiymati $100 mln bo‘lib, birinchi bosqichda $30 mln investitsiya kiritiladi.

Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda traktor ishlab chiqaruvchi mahalliy korxona ro‘yxatdan o‘tkazildi. Yil oxirigacha “Tulpor” milliy brendi asosida bir nechta modellar ishlab chiqariladi.

Korxona tomiga 2 MVt quvvatli quyosh panellari o‘rnatiladi va zavod o‘zini o‘zi elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

Ikki bosqichli loyihaga muvofiq, birinchi bosqichda traktor ishlab chiqarish zavodi barpo etiladi, keyingi bosqichda esa ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash uchun “aqlli” texnologiyalardan foydalaniladi.

Traktorlar mahalliy va xorijiy xaridorlarga yetkazib beriladi. Dastlabki bosqichda 250 ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati hokimi loyihani belgilangan talablar asosida tezroq ishga tushirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirdi hamda mas’ul xodimlarga xitoylik investorlar bilan hamkorlik qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda
/
Qarshi shahrini deyarli ikki barobarga kengaytirish rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘smoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket ikkinchi kun o‘smoqda
Dastlabki ikki oyda 104 ta kompaniya IT-Park rezidenti maqomini oldi
/
Dastlabki ikki oyda 104 ta kompaniya IT-Park rezidenti maqomini oldi