Toshkentda Xitoy–O‘zbekiston ombor-logistika bazasi tashkil etiladi

Kelishuv sanoat zonalari o‘rtasidagi kooperatsiya va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan

Toshkentda Xitoy–O‘zbekiston ombor-logistika bazasi tashkil etiladi

2026-yil 13-yanvar kuni Toshkent shahar sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi hamda Xitoyning Milliy Shihezi iqtisodiy va texnologik rivojlanish zonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Memorandum doirasida sanoat zonalari rezidentlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va kooperatsiyani kuchaytirish bo‘yicha qator ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Xususan, moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida Toshkent shahrida Xitoy–O‘zbekiston ombor-logistika bazasi hamda Mahsulot almashinuvi bo‘yicha Xitoy–O‘zbekiston ko‘rgazma markazini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini kengaytirish, muntazam ishbilarmonlik tashriflarini yo‘lga qo‘yish va investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi. Ma’lumotlar almashish orqali savdo-sotiqni kengaytirish va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish ham kelishuvning muhim yo‘nalishlari qatoriga kiritildi.

Mazkur memorandum Toshkent shahrining sanoat salohiyatini oshirish, xalqaro sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

AQSH Xitoyga Nvidia H200 chiplarini eksport qilishga ruxsat berdi
/
AQSH Xitoyga Nvidia H200 chiplarini eksport qilishga ruxsat berdi
O‘zbekistonda bo‘lib to‘lash xizmatlarini tartibga soluvchi qonun ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistonda bo‘lib to‘lash xizmatlarini tartibga soluvchi qonun ishlab chiqiladi
O‘zbekiston armiyasida dronlar va robotlashtirilgan texnologiyalar joriy etish kengaytiriladi
/
O‘zbekiston armiyasida dronlar va robotlashtirilgan texnologiyalar joriy etish kengaytiriladi