Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida $120 mlnlik metallurgiya zavodi qurishni rejalashtirmoqda

Korxonaning birinchi bosqichi oktabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda

Xitoy kompaniyasi Farg‘ona viloyatida $120 mlnlik metallurgiya zavodi qurishni rejalashtirmoqda

Xitoyning Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd kompaniyasi Toshloq tumanidagi «Taraqqiyot» sanoat hududida $120 mlnlik metallurgiya zavodi qurmoqchi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uch bosqichda amalga oshiriladigan investitsiya loyihasi doirasida 500 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Korxonada ichki bozor va eksport uchun yuqori sifatli qayta ishlangan metall mahsulotlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Korxonaning birinchi bosqichi oktabr oyida ishga tushirilishi kutilayapti.

Shuningdek, Xitoyning Xinjiang New Vision Investment Development Company va Envision Energy Company kompaniyalari Samarqand viloyatida 300 gektar maydonli ilmiy-texnologik sanoat parki barpo etishni rejalashtirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
/
Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
/
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi