Xitoy IT-mutaxassislarni jalb qilish uchun yangi vizani joriy etdi

Dastur mamlakatda ish beruvchi taklifisiz ishlash imkonini beradi va AQShning H-1B vizasi qimmatlashgani fonida yo‘lga qo‘yildi

Xitoy IT-mutaxassislarni jalb qilish uchun yangi vizani joriy etdi

Xitoyda yosh xorijiy fan va texnologiya mutaxassislarini jalb qilishga qaratilgan yangi vizali dastur ishga tushirildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Yangi turdagi viza — “K” — STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohalaridagi mutaxassislarga mo‘ljallangan bo‘lib, malakali kadrlar uchun global raqobat kuchayib borayotgan bir paytda Xitoyni yanada jozibador qilishga qaratilgan. Dastur AQShda Donald Tramp ma’muriyati H-1B mehnat vizasi narxini yiliga $100 minggacha oshirishini e’lon qilganidan so‘ng joriy etildi. Bu ko‘plab nomzodlarni AQShdan sovutishi mumkin.

Xitoyning “K” vizasining asosiy afzalligi shundaki, u ish beruvchidan taklif talab qilmaydi. STEM sohasidagi yosh mutaxassislar Xitoyga kirish, yashash va ishlash uchun vizani ish taklifisiz olishi mumkin.

Shunga qaramay, “K” vizasining ayrim kamchiliklari ham bor. Hozircha Xitoy hukumati nomzodlarning yoshi, ma’lumoti va tajribasiga oid aniq talablarni e’lon qilgani yo‘q. Shuningdek, doimiy yashash huquqi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va oila a’zolari uchun viza olish masalalari hamon noaniq bo‘lib qolmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi