O‘zbekistonda xavfli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar reyestri e‘lon qilindi

Ro‘yxatdan temir-beton plitalar va g‘isht ishlab chiqaruvchi 116 ta korxona o‘rin olgan

O‘zbekistonda xavfli qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar reyestri e‘lon qilindi

O‘tgan yil dekabrida prezident tomonidan qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tasdiqlangandi.

Mazkur hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-martdan xavfsizligi nomuvofiq deb topilgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning elektron reyestri yuritilishi belgilangan.

Qayd etilishicha, reyestr Texnik tartibga solish hamda Shaffof qurilish axborot tizimlari integratsiyasi asosida shakllantiriladi.

Hukumat huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan sifatsiz qurilish materiallari yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar haqidagi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Reyestrdagi ma‘lumotlar xavfli qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalar ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Unda 116 ta korxona keltirilgan.

Ro‘yxatda, shuningdek, ularning asosiy mahsulot turlari ham ko‘rsatilgan. Jumladan, g‘isht, orayopma temir-beton plitalar va beton quduq (kolodes) mahsulotlari o‘rin olgan.

Bundan tashqari, temir-beton ustunlar, gazoblok va boshqa beton elementlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ham ro‘yxatda bor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” Qashqadaryoda $200 mlnlik zavod qurilishini tezlashtiradi
/
“O‘zbekneftgaz” va “KazMunayGaz” Qashqadaryoda $200 mlnlik zavod qurilishini tezlashtiradi
O‘zbekistonda biznes uchun yagona ilmiy ishlanmalar bazasi yaratiladi
/
O‘zbekistonda biznes uchun yagona ilmiy ishlanmalar bazasi yaratiladi
Wolt brendi O‘zbekistondan tashqari yana 3 ta mamlakatda faoliyatini to‘xtatadi
/
Wolt brendi O‘zbekistondan tashqari yana 3 ta mamlakatda faoliyatini to‘xtatadi