Bir nechta xalqaro texnologiya kompaniyalari O’zbekistonda o’z filiallarini ochishni rejalashtirmoqda

Tomonlar respublikaning IT sektoriga innovatsiyalar, kadrlar tayyorlash va investitsiyalarni muhokama qildilar

Bir nechta xalqaro texnologiya kompaniyalari O’zbekistonda o’z filiallarini ochishni rejalashtirmoqda

Bir nechta xalqaro texnologiya kompaniyalari O’zbekistonda o’z filiallarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda IT Park matbuot xizmati xabar berdi.

Londonda “Call & Contact Cyentre Expo 2024” loyihasi doirasida IT Park delegatsiyasi yetakchi texnologik kompaniyalar bilan uchrashdi.

AQSHning “Onyx International” kompaniyasi global investorlarga blokcheyn orqali o‘z kapitali va aksiyalariga kirish imkonini beradigan ekotizim yaratishni maqsad qilgan. Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochish masalalasini ham ko‘rib chiqmoqda.

Jumladan, “Yumeye App Software” kompaniyasi bilan ham muzokaralar o’tkazildi va ularning O‘zbekistonda o‘z ofisini ochish va dasturchilarni ishga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, uchrashuvda “Enqura”, “KOMPaaS.tech GmbH”, “RingCyentral”, “BluyeStrawberry AI” va “Canterbury AI” kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Ular O‘zbekistonda investisiya imkoniyatlarini rivojlantirish, mutaxassislarni ishga jalb qilishga tayyor ekanligini bildirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
/
Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
/
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi