Toshkent Shimoliy vokzalida avtomobillar kirishi uchun yo‘lak tashkil etildi

Vokzalda 5 daqiqagacha to‘xtash bepul amalga oshiriladi

Toshkent Shimoliy vokzalida avtomobillar kirishi uchun yo‘lak tashkil etildi

“Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzali kirish qismigacha avtomobilda borish imkoni yaratildi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.

Endilikda vokzalga keluvchi yo‘lovchilar, ularni olib kelayotgan shaxsiy avtomobillar, taksilar va boshqa transport vositalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri vokzal kirish eshigiga qadar harakatlanishi va yuk hamda yo‘lovchilarni tushirib ketishi mumkin. Bunda quyidagi tartib belgilangan:

  • 5 daqiqa ichida kirib-chiqish — bepul;
  • 5 daqiqadan 10 daqiqagacha — belgilangan to‘lov asosida;
  • 10 daqiqadan oshgan holatlarda — jarima qo‘llaniladi.

Jarimalar inson omilisiz, maxsus kameralar orqali aniqlanadi va rasmiylashtiriladi.

Hozirda vokzal oldi yo‘lagi qurib, sinov tarzida ishga tushirilgan. Shuningdek, kirish va chiqish qismlarida shlagbaumlar va videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning ma’lum qilishicha, mamlakatdagi boshqa yirik shaharlardagi temir yo‘l vokzallari ham bosqichma-bosqich aynan shu tizimga o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu borada maxsus yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

27-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda vokzallardan foydalanuvchi fuqarolarga qulaylik yaratish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda
/
Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishda minimal muddati belgilandi
/
O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishda minimal muddati belgilandi
O‘zbekistondan xalqaro logistikaga talab 89% ga oshdi
/
O‘zbekistondan xalqaro logistikaga talab 89% ga oshdi