“O’zkimyosanoat” va YETTB vodorod loyihasi to’g’risida bitim tuzdilar

Chirchikda “yashil” vodorod ishlab chiqarish zavodi qurilishi rejalashtirilgan

“O’zkimyosanoat” va YETTB vodorod loyihasi to’g’risida bitim tuzdilar

Joriy yilning 10 sentabr kuni “O’zkimyosanoat”, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda “ACWA Power UKS Green H2” qo’shma korxonasi kredit va kafolat shartnomalari tuzdi. Bu haqda “O’zkimyosanoat” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“O’zkimyosanoat” Saudiya Arabistoni “ACWA Power” kompaniyasi bilan birgalikda Toshkent viloyatida MDH va Markaziy Osiyoda yagona yashil vodorod ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha yirik investitsiya loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha doirasida vodorod ishlab chiqarish va elektrolizatorlarni energiya bilan ta’minlash uchun shamol turbinalarini o’rnatish rejalashtirilgan. 

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan taqdim etilgan ushbu past foizli kredit resurslari loyihani davlat kafolatlaridan foydalanmasdan moliyalashtirishga qaratilgan.

O’tgan yili investitsiyalar vaziri va “ACWA Power” raisi o’rtasidagi uchrashuvda ushbu loyihaning ishga tushirilishi tasdiqlandi, uning quvvati yiliga 3 ming tonnani tashkil etadi. 

Moliyaviy paketga YETTBdan $55 mlnlik kredit va iqlim o’zgarishiga qarshi kurash loyihalarini qo’llab-quvvatlovchi maxsus fond orqali Kanadadan $10 mlngacha imtiyozli moliyalashtirish kiradi. Shuningdek, YETTB $5,5 mlngacha oraliq kredit berishni rejalashtirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi