Vengriyaning IT kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Hujjat autsorsing xizmatlarini rivojlantirish, IT -xizmatlar eksporti kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi

Budapeshtda raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maqsudov, IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Qo‘chqorov va “4iG Plc” boshqaruv kengashi raisi Gellert Yasaylar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
“4iG Plc ” — Vengriyaning IT-xizmatlar, telekommunikatsiya infratuzilmasi, kiberxavfsizlik, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va raqamli transformatsiyaga ixtisoslashgan eng yirik texnologiya va telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Uchrashuv doirasida tomonlar uzoq muddatli va strategik hamkorlikka intilishni mustahkamlovchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Hujjat autsorsing xizmatlarini rivojlantirish, IT -xizmatlar eksporti, shuningdek, startaplar va akseleratsiya dasturlarini qo‘llab-quvvatlash kabi keng qamrovli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Tomonlar amaliyotlar, ekspert tashriflari, seminarlar tashkil etish va bilim almashish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ