“O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi boshqarmasiga beriladi

U energoauditorlarni sertifikatlash va raqamli nazorat bilan shug'ullanadi

“O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi boshqarmasiga beriladi

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“O‘zenergoinspeksiya”) Vazirlar Mahkamasi boshqarmasiga o’tkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Joriy yilning 23 avgust kuni Prezidentimizning yoqilg’i-energetika kompleksida davlat nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida farmoni qabul qilindi.

“O‘zenergoinspeksiya” yoqilg’i-energetika kompleksi sohasida davlat nazorati va tekshiruvi uchun mas’ul bo’lgan mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. 

Uning yangi vazifalari:

  • energiya samaradorligining xalqaro standartlarini joriy etish va ushbu sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; 
  • yillik energiya sarfi 500 tonnadan ortiq shartli yoqilg’i bo’lgan barcha sanoat korxonalarida energiya iste’molini boshqarish tizimi (Energy Management System) joriy etilishini nazorat qilish;
  • energiyani tejash jarayonlarini to’liq raqamlashtirish. 

Davlat nazorati va hisobotini samarali amalga oshirish uchun “O‘zenergoinspeksiya” Markaziy apparatida 30 ta davlat bo’linmasidan iborat energiya samaradorligi departamenti va energetika nazorati sektorini raqamlashtirish departamenti tashkil etildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
/
“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi