Sog‘liqni saqlash vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Shuningdek, vazir o‘rinbosari Olim Omonov ishdan olinishi haqida ogohlantirildi

Sog‘liqni saqlash vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash vazirining ikki o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.

Qayd etilishicha, mamlakatimizda har o‘n ming aholiga 27 nafar shifokor to‘g‘ri keladi. Bu AQSH, Buyuk Britaniya, Finlyandiya bilan bir xil ko‘rsatkich. Turkiya va Kanadada bu raqamlar 1,5 baravar kam.

Ko‘rib turibsiz, bizda tibbiyot xodimlari sonida ham, moliyalashtirishda ham muammo yo‘q. Lekin, sifat-chi? Bu borada e’tirozli savollar juda ko‘p, – dedi davlat rahbari.

Shuningdek, O‘zbekistonda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar har yili iqtisodiyotga $1 mlrd zarar keltirmoqda. Tez yordam chaqiruvlarining 25% i surunkali bemorlarga to‘g‘ri keladi.

Andijon, Namangan va Samarqandda poliklinika shifokori kuniga 50–60 bemorni qabul qilmoqda — bu esa tibbiy me’yorlarga zid hisoblanadi.

Yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolar uchun Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosarlari Davron Sultanov, Farrux Sharipov lavozimidan ozod etildi, vazir o‘rinbosari Olim Omonov 6 oyda raqamlashtirishda o‘zgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Prezident tibbiy sug‘urtani joriy qilish surunkali surilib kelayotganini keskin tanqid qildi. Toshkent shahrida o‘tgan yili, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazmda bu yili ushbu tizim ishga tushishi kerak edi. Sug‘urta jamg‘armasi faqat tayyor pulni taqsimlovchiga aylanib qolgani ko‘rsatib o‘tildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Belgilangan islohotlarimiz qanchalik to‘g‘ri bo‘lmasin, tizim raqamlashmasa, kutilgan natijaga erisha olmaymiz, –  dedi prezident.

Lekin mutasaddilar tizimni to‘liq raqamlashtirish u yerda tursin, oddiy “elektron resept”ni ham ishga tushira olmagani tanqid qilindi. “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”ni joriy etishda ham jiddiy oqsoqliklar borligi aytildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
/
Aprel oyida Markaziy bankning oltin zaxiralari rekord darajaga — $49,25 mlrdga yetdi
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
/
“TBC Uzbekistan” birinchi chorakda sof foydani 15% ga oshirdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar tushdi