O‘zbekistonda “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi
Kredit tashkilotlari kreditor nomidan boshqa shaxs foydasiga moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin

Endi kredit tashkilotlari kreditor nomidan boshqa shaxs foydasiga puldan voz kechganda moliyalashtirish operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin. Bu faqat kontragent norezident bo‘lgan hollarda va pul talabnomasidan tashqari holatlarda ruxsat etiladi. Bunday tartib “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritildi.
Ya’ni agar O‘zbekistondagi biror kompaniya (rezident) boshqa davlatdagi (norezident) kompaniya bilan pul (valyuta) orqali bog‘liq biror bitim qilayotgan bo‘lsa, endi bu pul bilan bog‘liq operatsiyalarni kredit tashkiloti (masalan, bank) shunday shart bilan amalga oshirishi mumkin:
Pul olish huquqidan (talab qilish huquqidan) mijoz o‘z foydasiga emas, boshqa bir shaxs foydasiga voz kechsa, bu ham qonuniy bo‘ladi.
Shuningdek, Markaziy bankning ichki auditorlik xizmati o‘z faoliyatida Markaziy bank boshqaruviga va Auditorlik qo‘mitasiga hisobdorligi belgilandi. Ilgari faqat Auditorlik qo‘mitasiga hisobdor bo‘lgan.
Markaziy bank quyidagilar uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishi nazarda tutilmoqda:
- kafolatlar berish tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga;
- faktoring tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga.
Quyidagi faoliyat (harakatlar) turlarini amalga oshirish uchun bu haqda Markaziy bankni xabardor qilish talabi belgilandi:
- faktoring tashkilotining filialini ochish yoki yopish;
- jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezidentlar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 10% dan 20% gacha tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olish.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ