Uzum ekotizimi yillik 25% stavkada 300 mlrd so‘m miqdorida obligatsiyalarni chiqardi

Mablag‘lari fintech yo‘nalishini rivojlantirishga yo‘naltiriladi

Uzum ekotizimi yillik 25% stavkada 300 mlrd so‘m miqdorida obligatsiyalarni chiqardi

Uzum milliy raqamli ekotizimi 300 mlrd so‘mlik obligatsiyalar chiqardi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kapital.uz’ga ma’lum qildi.

Investorlar yillik 25% stavkada daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, obligatsiyalarning muomala muddati esa 2 yilni tashkil etadi.

Qimmatli qog‘ozlar savdosi “Toshkent” Respublika fond birjasida amalga oshiriladi. Chiqarilish Uzum guruhiga kiruvchi Makesense kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. Jalb qilingan mablag‘lar ekotizimning moliyaviy texnologiyalar yo‘nalishini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

“Biz allaqachon ekotizimimizga sarmoya kiritish va uni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan potensial hamkorlardan so‘rovlar qabul qilmoqdamiz. Ishonchim komilki, dastlabki chiqarilish nafaqat banklar va real sektor kompaniyalari, balki xorijiy investorlarning ham e’tiborini tortadi”, — deya izoh berdi Uzum ekotizimi moliyaviy direktori Nikita Gulyayev.

Uzum jismoniy shaxslar hamda kichik va o‘rta biznes uchun fintech, e-commerce va bank xizmatlarini birlashtirgan O‘zbekiston raqamli ekotizimi hisoblanadi. Uning tarkibiga marketpleys, tezkor yetkazib berish xizmati, klassik va raqamli banklar, BNPL xizmati, avtomobil sotib olish platformasi va tadbirkorlar uchun ilova kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun ko‘tarilmoqda
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
/
Sirdaryodagi “River Med Pharm” korxonasida inyeksiya uchun eritmalar va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi