Uzum “O‘zbekiston pochtasi”ni xususiylashtirish bo‘yicha savdolarda ishtirok etadi

Milliy raqamli ekotizim Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rasmiy so‘rov yubordi

Uzum “O‘zbekiston pochtasi”ni xususiylashtirish bo‘yicha savdolarda ishtirok etadi

Uzum milliy raqamli ekotizimi “O‘zbekiston pochtasi” AJdagi davlat ulushini sotib olish bo‘yicha o‘tkaziladigan savdolarda ishtirok etish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rasmiy so‘rov yubordi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, “O‘zbekiston pochtasi” Uzum’ning muhim hamkorlaridan biri bo‘lib, kompaniya uning logistika va IT infratuzilmasini rivojlantirishga tayyor.

“Pochta xizmati — davlatning eng muhim aktivlaridan biri. Uni boshqarishda biznes manfaatlari bilan bir qatorda milliy manfaatlar ham inobatga olinishi zarur”, — deyiladi Uzum bayonotida.

Shuningdek, Uzum vakillari “O‘zbekiston pochtasi”ning mamlakat bo‘ylab minglab ish o‘rinlarini yaratishda va ijtimoiy vazifalarni bajarishda tutgan o‘rnini alohida qayd etdi.

Bugungi kunda Uzum Market va UzPost o‘rtasida 650 dan ortiq hamkorlikdagi buyurtma topshirish punktlari faoliyat yuritmoqda. Kompaniya yaqin kelajakda bu tarmoq orqali yetkazib beriladigan buyurtmalar sonini bir necha barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarilishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarilishda davom etmoqda
Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qildi
/
Chernogoriya O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qildi
Termizdagi “Ayritom” erkin savdo zonasini kengaytirish taklif qilindi
/
Termizdagi “Ayritom” erkin savdo zonasini kengaytirish taklif qilindi