“Uzum Nasiya” firibgarlik holatlariga munosabat bildirdi

Kompaniya ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash uchun davlat idoralari bilan hamkorlik qilmoqda va xodimlar hech qachon telefon orqali SMS-kod yoki shaxsiy ma’lumotlarni so‘ramasligini eslatib o'tdi

“Uzum Nasiya” firibgarlik holatlariga munosabat bildirdi

“Uzum Nasiya” kompaniyasi davlat idoralari va hamkorlar bilan birgalikda o‘z mijozlarini himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi. Bayonotda ta’kidlanishicha, mijozlarning ma’lumotlari va mablag‘larining xavfsizligi ko‘p jihatdan ularning o‘z e’tiboriga bog‘liq.

Xizmat vakillari eslatishicha, “Uzum Nasiya” xodimlari hech qachon telefon orqali SMS-kodlar, shaxsiy ma’lumotlar yoki “identifikatsiya” uchun boshqa axborotlarni so‘ramaydi. Barcha muloqotlar faqat rasmiy kanallar orqali — mobil ilova, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va +998 (71) 777-15-15 raqamli kontakt markazi orqali olib boriladi.

Kompaniya nafaqat “Uzum Nasiya”, balki boshqa raqamli xizmatlar foydalanuvchilarini ham hushyor bo‘lishga va shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga bermaslikka chaqirdi. Shubhali qo‘ng‘iroqlar bo‘lganda esa, suhbatni darhol to‘xtatish va o‘z banki yoki servisining kontakt markaziga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Uzum Nasiya har doim shaffoflik, mas’uliyat va ishonch tamoyillariga amal qiladi. Foydalanuvchilarimizning tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda ularning xavfsizligi bizning eng ustuvor vazifamizligicha qoladi, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Urganch va Nukus yo’nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshiriladi
/
Urganch va Nukus yo’nalishidagi poyezd chiptalari narxi oshiriladi
Turkiyaning Heyal Holding kompaniyasi Farg‘ona viloyatida $350 mln evaziga sanoat zonasini quradi
/
Turkiyaning Heyal Holding kompaniyasi Farg‘ona viloyatida $350 mln evaziga sanoat zonasini quradi
AQSHning kompaniyasi O‘zbekistonda xalqaro logistika uchun operatsion markaz tashkil qiladi
/
AQSHning kompaniyasi O‘zbekistonda xalqaro logistika uchun operatsion markaz tashkil qiladi