O‘zbekistonda Uzum Market ustun mavqega ega deb topildi

Raqobat qo‘mitasi tahlili marketpleysning bozordagi ulushi 40% dan yuqoriligini aniqlagan

O‘zbekistonda Uzum Market ustun mavqega ega deb topildi

Raqobat qo‘mitasi 19-mart kuni Uzum Market onlayn do‘konini (marketpleysi) ustun mavqega ega deb topilganini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Raqamli platforma operatorining ustun mavqeini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda raqamli platforma operatorining ustun mavqega ega deb e’tirof etishning mezonlari belgilangan.

Ushbu qarorga muvofiq, Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar) bozorida “UZUM MARKET” MCHJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi.

Ustun mavqe — bu tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holat. 

Agar kompaniya yoki shaxslar guruhining bozor ulushi 40% yoki undan yuqori bo‘lsa, shuningdek, boshqa hollarda mahsulot yoki moliya bozoridagi ustun mavqe tan olinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mobiuz Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan tarifni o‘zgartirishdagi cheklovni olib tashladi
/
Mobiuz Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan tarifni o‘zgartirishdagi cheklovni olib tashladi
Timofey Smirnov “Yangi Bank” boshqaruvi raisi etib tayinlandi
/
Timofey Smirnov “Yangi Bank” boshqaruvi raisi etib tayinlandi
Toshkent Shimoliy vokzalida avtomobillar kirishi uchun yo‘lak tashkil etildi
/
Toshkent Shimoliy vokzalida avtomobillar kirishi uchun yo‘lak tashkil etildi