Uzum o‘z aksiyalarini London fond birjasida joylashtirishi mumkin

Kompaniya aksiyalarini xorijda joylashtirish variantlarini, jumladan Nasdaq, Abu-Dabi va Gonkong birjalarini ham o‘rganmoqda

Uzum o‘z aksiyalarini London fond birjasida joylashtirishi mumkin

Raqamli ekotizim Uzum o‘z aksiyalarining birlamchi ommaviy joylashtirilishi (IPO) uchun London fond birjasi (LSE)ni mumkin bo‘lgan maydonlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reuters agentligi kompaniya hammuassisi Nikolay Seleznyovga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, potentsial variantlar ro‘yxatiga Nasdaq, Abu-Dabi va Gonkong birjalari ham kiritilgan. Tencent xitoy xoldingi va VR Capital fondi tomonidan kiritilgan investitsiyalardan so‘ng, Uzumga Osiyo bozorlaridan, ayniqsa Gonkongdan katta qiziqish paydo bo‘lgan.

Aksiyalarni birlamchi joylashtirish 2027-yilga rejalashtirilgan. Biroq Seleznyovning ta’kidlashicha, hozircha kompaniyaning bozor qiymati bo‘yicha aniq maqsadni muhokama qilish erta. Agar kompaniya Londonni tanlasa, u FTSE 100 indeksiga kiritilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Shuningdek, u so‘nggi moliyalashtirish bosqichi davomida Uzum Yaqin Sharq va Buyuk Britaniya investorlarining e’tiborini tortganini ma’lum qildi. Seleznyovning aytishicha, IPO’ni O‘zbekiston tashqarisida o‘tkazish kompaniyaga ko‘proq likvid bozorlarga chiqish va investorlar doirasini kengaytirish imkonini beradi, bu esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri aksiyalar qiymatiga ta’sir qiladi.

U, shuningdek, Uzum xalqaro kengayish bilan shoshilmayotganini va hozircha ichki bozorda o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga e’tibor qaratayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya avvalo O‘zbekistonda o‘z biznes modeli barqarorligini isbotlab, keyin uni xorijda kengaytirishni rejalashtirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi