Davaktiv agentligi “UzSungwoo” va “Xiva Plaza”ni sotib olish uchun ariza topshirish muddatini uzaytirdi

Investorlar 15-sentabrga qadar ariza yuborishlari mumkin

Davaktiv agentligi “UzSungwoo” va “Xiva Plaza”ni sotib olish uchun ariza topshirish muddatini uzaytirdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “UzSungwoo” MCHJ va “Xiva Plaza” MChJ (“Farovon Khiva Hotel” mehmonxonasi) kompaniyalarining davlat ulushini sotib olishga qiziqish bildirish uchun ariza topshirish muddati uzaytirdi.

Investorlar mazkur davlat ulushlarini sotib olish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni 2025-yil 15-sentabr Toshkent vaqti bilan soat 23:59 ga qadar yuborishlari mumkin.

Qiziqish bildirilgan taqdirda arizalarni quyidagi elektron pochta manzillariga yuborish lozim:

Shuningdek, avval eʼlon qilingan maʼlumotlar va talablarning barcha boshqa bandlari oʻzgarishsiz qolgan.

Mart oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “UzSungwoo” kompaniyasining ustav kapitalidagi 50% lik davlat ulushini sotish bo‘yicha ochiq savdo jarayonini boshladi.

Aprel oyining oxiriga kelib, birorta ham potensial investor aktivni sotib olishga qiziqish bildirmagani ma’lum bo‘ldi. Shu sababli majburiy bo‘lmagan takliflarni (NBO) taqdim etish muddatini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Iyun oyida DABA ariza topshirish muddatini yana uzaytirdi.

O‘tgan yilning sentabr oyida “Xiva Plaza”ning 100% lik ulushini sotish bo‘yicha ochiq jarayon boshlangan edi. Aprel oyi oxirida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mazkur aktivni sotib olishga qiziqish bildirish uchun arizalarni qabul qilish muddatini uzaytirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi