“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Kompaniya investitsiyalarni jalb etish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ham ma'lum qildi

“O‘zbekiston pochtasi” xususiylashtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan investitsiyalarni jalb etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda aksionerlik jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.

Bu orqali infratuzilmani modernizatsiya qilish, logistikani rivojlantirish, raqamli yechimlarni joriy etish, pochta tarmog‘ini kengaytirish, shu jumladan qishloq va olis hududlarda pochta jo‘natmalari va posilkalarni qayta ishlash hamda yetkazib berish bo‘yicha zamonaviy quvvatlarni yaratish maqsad qilingan.

Taʼkidlanishicha, kompaniya transformatsiyasini amalga oshirish va investitsiyalarni jalb etish uning faoliyatini uzoq muddat barqarorligini taʼminlash, yetkazib berish bo‘yicha xususiy operatorlar rivojlanayotgan sharoitda raqobatbardoshlikni oshirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatishning sifat standartlarini joriy etish, shuningdek respublika aholisi uchun, jumladan uzoq va olis hududlarda universal pochta xizmatlarining mavjudligini taʼminlash imkonini beradi.

Ushbu tadbirlar yangi ish oʼrinlari yaratilishiga, elektron tijorat va butun mamlakat hududida bu bilan bog‘liq xizmatlarning rivojlanishiga xizmat qiladi.

Bugungi kunda, “O‘zbekiston pochtasi” AJning aksiyadorlari sifatida davlat tashkilotlari – Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, shuningdek, davlat ishtirokidagi beshta korxonalar va 16 mingdan ortiq yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etmoqda.

Jamiyat faoliyatiga yirik investorni jalb etish bilan bog‘liq o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni talablariga muvofiq tegishli ma‘lumot rasmiy tarzda oshkor qilinadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
/
Uzum Uzpostni rivojlantirishga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
/
“Yerusti halqa yo‘li” metrosi ishga tushish sanasi qayta uzaytirildi
Fermerlar faoliyatiga aralashuv uchun javobgarlik kuchaytiriladi
/
Fermerlar faoliyatiga aralashuv uchun javobgarlik kuchaytiriladi