Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibidan to‘rtta davlat kompaniyasi va bank chiqarildi

Aksiyalar almashinuvi jamg‘armaning IPO'ga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilmoqda

Milliy investitsiya jamg‘armasi tarkibidan to‘rtta davlat kompaniyasi va bank chiqarildi

O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) aktivlari tarkibidan to‘rtta davlat kompaniyasi va bankining aksiyalari chiqariladi. Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni qaror imzoladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “Mikrokreditbank”ning 40% ulushi, shuningdek, Biznesni rivojlantirish banki va Uzbekistan Airports’ning 25% dan ulushi o‘tkaziladi. Bundan tashqari, “O‘zbekiston pochtasi” (“Uzpost”)ning 25% ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.

Ularning o‘rniga UzNIF “O‘zbekgidroenergo”da qo‘shimcha 20%, “Temiryo‘linfratuzilma”da 15% va “O‘zbekinvest”da 10% ulushga ega bo‘ladi. Natijada jamg‘arma ulushi ushbu kompaniyalarda mos ravishda 40%, 40% va 30% gacha oshadi.

Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi orqali UzNIF’ga “O‘zsanoatqurilishbank”ning 30% aksiyalari O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan o‘tkaziladi. Kompensatsiya sifatida jamg‘arma “Agrobank” hamda boshqa davlat banklarining shuncha miqdordagi aksiyalarini oladi.

Qaror kirish qismida qayd etilishicha, mazkur o‘zgarishlar Milliy investitsiya jamg‘armasining investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan. Aksiyalar almashinuvi uning aksiyalarini mahalliy va xorijiy fond birjalarida dastlabki joylashtirish (IPO)ga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, ikki oy muddatda UzNIF’ning o‘ziga tegishli aksiyalardan olinadigan dividendlarni soliqlardan ozod etish bo‘yicha Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda ipoteka subsidiyalari miqdorini oshirish taklif qilindi
/
Toshkentda ipoteka subsidiyalari miqdorini oshirish taklif qilindi
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ikki kunlik pasayishdan so‘ng yana ko‘tarila boshladi
Endilikda kredit byurolarida axborot xavfsizligiga oid ichki siyosat ishlab chiqiladi
/
Endilikda kredit byurolarida axborot xavfsizligiga oid ichki siyosat ishlab chiqiladi