UzIMEI butunlay xususiy mulkka o’tishi mumkin

Kompaniyadagi davlat ulushining 49% sotuvga qo'yiladi

UzIMEI butunlay xususiy mulkka o’tishi mumkin

Mobil qurilmalarni IMEI kodlari (UzIMEI) bo’yicha majburiy ro’yxatdan o’tkazish tizimini boshqaradigan «Information Technology Center» (ITC) to’liq xususiylashtiriladi. Bu O’zbekiston Prezidentining 19 apreldagi iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarorida ko’zda tutilgan.

ITC 247 ta tashkilot ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, u yerda davlat aksiyalari yoki aksiyalar paketlari ommaviy savdoga qo’yiladi.

IMEI mobil qurilmalarini majburiy ro’yxatdan o’tkazish tizimi O’zbekistonda 2019 yil aprel oyida ish boshladi. Buning uchun AQShning «Delta Telecom International» kompaniyasi va O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi (O’RTTBM) «Information Technology Center» qo’shma korxonasini tashkil etdi.

«Delta Telecom International» 51% ulushga ega bo’ldi, raqamli texnologiyalar vazirligiga kiruvchi O’RTTBM esa 49% ulushga ega bo’ldi. O’RTTBM o’z ulushini sotishni rejalashtirayotgan bo’lsa-da, u tizim operatori bo’lib qoladi, deya xabar beradi Gazeta.uz.

«Information Technology Center» turli xil axborot tizimlari va tarmoq uskunalariga xizmat ko’rsatish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, ma’lumotlar bazalarini yaratish va autsorsing bilan shug’ullanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
/
O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
/
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi