“UzChasys”ning 70% davlat ulushi sotilmoqda
Arizalar 17-dekabrgacha qabul qilinadi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “UzChasys” ustav kapitalidagi ulushining 70%ni sotish uchun savdo e’lon qildi.
“Portfolio Investments” xususiylashtirish jarayonida maslahatchi vazifasini bajaradi. Birinchi bosqichda talabgorlar 3 yillik moliyaviy hisobotlarni o‘z ichiga olgan holda zarur ma’lumotlar bilan qiziqish bildirishnomalarini taqdim etishlari kerak.
Hujjatlar munir.yakubov@piamg.uz elektron pochtasi orqali 17 dekabr soat 18:00 dan kechiktirmasdan qabul qilinadi.
Barcha talabnoma beruvchilar mezonlar, shu jumladan kompaniya, uning ta’sischilari yoki aloqador shaxslari AQSh, Yevropa Ittifoqi va Xalqaro taraqqiyot banklarining sanksiyalar ro’yxatida yo’qligi uchun tekshiriladi. G’olib bo’lgan ishtirokchilar majburiy takliflarni taqdim etishga taklif qilinadi.
Ikkinchi bosqichda ishtirokchi taklif etilayotgan narxning kamida 1%ni depozit sifatida E-auksion orqali to‘lashi kerak bo‘ladi.
Xaridor sotib olganidan keyin kamida 10 yil davomida kompaniya profilini, 2 yil ish o’rinlari va xodimlar sonini saqlab turishi, shuningdek, “General Motors” bilan litsenziya shartnomalariga rioya qilishi kerak.
Ma’lumot uchun, “UzChasys” kompaniyasi 2008-yilda Namangan shahrida tashkil etilgan bo‘lib, avtomobillar uchun elektr yoritish moslamalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning ustav kapitali $6,46 mln tashkil etadi.
Bundan oldin, DABA ikkita mehmonxona va sport kompaniyasi sotuvi muddatini uzaytirgani haqida xabar berilgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ