2024-yilda UZCARD to‘lov tizimining sof foydasi 955,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan

Kompaniya aktivlari 37% ga oshib, 736,2 mlrd so‘mga yetgan

2024-yilda UZCARD to‘lov tizimining sof foydasi 955,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (UZCARD to‘lov tizimi) 2024-yil yakunlari bo‘yicha auditlangan moliyaviy hisobotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, yil davomida kompaniyaning sof foydasi 955,7 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bu 2023-yilga nisbatan 62,9% ga yoki 368,9 mlrd so‘mga ko‘proq hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda faqatgina 4 ta bank — O‘zmilliybank, Hamkorbank, O‘zsanoatqurilishbank va Kapitalbanklar bundan ko‘proq sof foyda olgan.

Kompaniya tushumi 2024-yilda 1,3 trln so‘mga teng bo‘lgan. Aktivlari esa 199,4 mlrdga yoki 37% ga oshgan va jami 736,2 mlrd so‘mga yetgan. Shuningdek, UZCARD’ning jami kapitali 590,6 mlrd so‘mgacha oshgan.

Shu bilan birga, kompaniya majburiyatlari ikki barobarga ortgan va jami 145,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Mazkur ko‘rsatkichlar mustaqil auditorlik tashkiloti “Ernst and Young” kompaniyasi xulosasidan keyingi hisobotdan olingan.

2024-yilning 31-dekabr holatida UZCARD aksiyadorlarining ulushi quyidagicha:

  • “IMC Capital” MCHJ — 75%;
  • Kamron Anvarovich Akbarov — 25%.

“IMC Capital” MCHJning yagona ta’sischisi Berill Holding Company Limited, uning ta’sischisi esa Emerald Global Foundation hisoblanadi. Shunday qilib, Emerald Global Foundation va Kamron Akbarov birgalikda kompaniyaga egalik qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mamlakatda 11 turdagi xomashyoni faqat birja savdolari orqali sotish talabi joriy etilmoqda
/
Mamlakatda 11 turdagi xomashyoni faqat birja savdolari orqali sotish talabi joriy etilmoqda
Markaziy bank yana 4 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi
/
Markaziy bank yana 4 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi
O‘zbekistonda “Leapmotor” avtomobillarini sertifikatlashga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi
/
O‘zbekistonda “Leapmotor” avtomobillarini sertifikatlashga qo‘yilgan cheklov olib tashlandi