O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi $12 mlrdga yetdi
Ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 23% ga oshgan
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga xorijdan $12 mlrddan ortiq pul o‘tkazmalari amalga oshirildi. Bu haqda 11-sentabrda o‘tkazilgan Markaziy bank boshqaruvi yig‘ilishi yakunlari yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Yil boshidan buyon amalga oshirilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 2024-yilning shu davriga nisbatan 23% ga o‘sgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, pul o‘tkazmalari hajmi mart oyidan boshlab o‘sish tendensiyasini namoyon qilgan, avgust oyida esa biroz sekinlashgan. Xususan, iyul oyida transfertlar miqdori qariyb $2 mlrdga yetgan bo‘lsa (2024-yil iyuliga nisbatan 10,5% o‘sish), avgust oyida $1,9 mlrdni (19,9% o‘sish) tashkil etgan.
Bundan tashqari, aholi tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdisida $5,6 mlrdlik ijobiy farq qayd etilgan: yil boshidan buyon aholi sotib olganidan $5,6 mlrdga ko‘proq valyuta sotgan. Oldi-sotdi bo‘yicha ijobiy farq 2024-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 40% ga oshgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ