“Uzbektelekom” va “O‘zbekgidroenergo” kuzatuv kengashlariga xorijiy investorlar kiritildi

Davlat kompaniyalarini boshqarishni isloh qilish doirasida xalqaro mutaxassislar jalb qilinmoqda

“Uzbektelekom” va “O‘zbekgidroenergo” kuzatuv kengashlariga xorijiy investorlar kiritildi

O‘zbekistonda davlat kompaniyalarini boshqarish tizimini isloh qilish doirasida “Uzbektelekom” va “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlari tarkibi yangilandi.

Yagona korporativ axborot portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, xorijiy investitsiya kompaniyalari vakillari — Nikita Kakurin va Martin Bernshteyn ushbu kompaniyalar kuzatuv kengashlariga saylandi.

2026-yil 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlari umumiy yig‘ilishida kengash tarkibidan uch nafar davlat xizmatchisi chiqarildi. Ularning o‘rniga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktor o‘rinbosari Alisher Miraliyev, Franklin Templeton vakili Nikita Kakurin hamda AQSHning Amber Hill Capital kompaniyasi hamkori Martin Bernshteyn kiritildi.

Shuningdek, 19-mart kuni “Uzbektelekom” kompaniyasida ham shunga o‘xshash o‘zgarishlar amalga oshirildi. Kuzatuv kengashidan bir qator a’zolar chiqarilib, ularning o‘rniga to‘rt nafar yangi mutaxassis tayinlandi. Ular orasida Kakurin va Bernshteyn bilan birga britaniyalik Friends of Radnor House vakili Kristi Main Grovs hamda Shveytsariyaning Machinery & Equipment International Trading kompaniyasi vakili Daniel Zibert bor.

Mazkur o‘zgarishlar 2026-yil 25-fevraldagi prezident qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, Franklin Templeton Asset Management kompaniyasining xorijiy mutaxassislarini O‘zbekiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan bog‘liq korxonalar boshqaruviga jalb etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar mazkur jamg‘arma IPOsini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yil oxirida ko‘chmas mulk bitimlari 24,5%ga ko‘paydi
/
2025-yil oxirida ko‘chmas mulk bitimlari 24,5%ga ko‘paydi
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi
Fevral oyida kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 1,1% punktga pasaydi — MB
/
Fevral oyida kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 1,1% punktga pasaydi — MB