Uzbekistan Airways sentabrda yangi mahalliy reyslar sonini ko‘paytirdi

Silk Avia parvozlari to‘xtatilishi fonida kompaniya Buxoro, Farg‘ona, Namangan, Termiz va Navoiyga yo‘nalishlarini oshirmoqda

Uzbekistan Airways sentabrda yangi mahalliy reyslar sonini ko‘paytirdi

Uzbekistan Airways” AJ aholi harakatlanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida qoʻshimcha aviaqatnovlar joriy etilganini maʼlum qildi.

Quyidagi qo‘shimcha aviaqatnovlar qoʻshilmoqda:

  • Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishida 1-dan 29-sentabrgacha (dushanba, chorshanba va juma kunlari);
  • Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida  9-dan 30-sentabrgacha (seshanba va juma kunlari);
  • Toshkent – Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishida 6-dan 27-sentabrgacha (shanba kunlari);
  • Toshkent – Navoiy – Toshkent yo‘nalishida 10, 17 va 24-sentabr kunlari;
  • Toshkent – Namangan – Toshkent yo‘nalishida 2-dan 30-sentabrgacha (seshanba va payshanba kunlari).

Ko‘rsatilgan yo‘nalishlarga ilgari Silk Avia aviakompaniyasi xizmat ko‘rsatgan, uning parvozlari texnik sabablarga ko‘ra vaqtincha to‘xtatilgan.

Chiptalarni booking.uzairways.com saytida, ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki agentlardan xarid qilish mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
/
Soliq tekshiruvlarini videoga olish tartibi tasdiqlandi
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
/
Top-100 xorijiy OTM bitiruvchilariga 880 mln so‘mdan ortiq ipoteka beriladi
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi
/
JCh-2026 muxlislari uchun AQShga FIFA PASS vizasini olish tartibi e’lon qilindi