Uzbekistan Airways 22 ta Boeing 787 samolyotini sotib oladi

Bitim qiymati $8 mlrddan ortiq va samolyotlarni yetkazib berish 2031-yildan boshlanadi

Uzbekistan Airways 22 ta Boeing 787 samolyotini sotib oladi

Uzbekistan Airways Boeing kompaniyasi bilan 14 ta Boeing 787−9 Dreamliner samolyotini xarid qilish va yana 8 ta shu turdagi havo kemasini opsion sifatida olish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar bermoqda.

Uzbekistan Airways’ning ta’kidlashicha, samolyotlarni yetkazib berish 2031-yildan boshlanadi. Bu milliy aviakompaniya tarixidagi eng yirik shartnoma bo‘ldi.

Ushbu kelishuv kompaniya uchun Shimoliy Amerika, Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga uzoq masofali parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining yozishicha, Shavkat Mirziyoyev Nyu York shahrida ”Boeing Global” kompaniyasi prezidenti Brendan Nelson bilan uchrashdi. Yangi shartnoma va uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida mazkur bitimning qiymati $8 mlrddan ortiqligini va u orqali Qo‘shma Shtatlarda 35 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilishi haqida ma’lum qildi.

Uzbekistan Airways’ning qo‘shimcha qilishicha, Boeing va O‘zbekiston Transport vazirligi o‘rtasida mamlakatning aviatsiya ekotizimini rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha hamkorlik memorandumi ham imzolandi.

Boeing 787 Dreamliner oilasi bizning qit’alararo parvozlarimizning asosi sifatida o‘zini to‘liq oqladi. Yangi shartnoma imzolanishi bilan biz mamlakatimiz va Uzbekistan Airways’ning Markaziy Osiyoda yetakchi aviatashıuvchi sifatidagi nufuzini mustahkamlaymiz hamda yo‘lovchilarimizga yanada kengroq xalqaro bog‘lanishni taqdim etamiz. Bu qadam bizning barqaror rivojlanishga qaratilgan strategiyamizni va istiqbolli maqsadlarimizni yana bir bor tasdiqlaydi, — dedi kompaniya boshqaruv raisi Shuxrat Xudaykulov.

Ta’kidlanishicha, Boeing 787−9 zamonaviy aerodinamika, kompozit korpus va yangi avlod dvigatellari uyg‘unligi hisobidan yonilg‘i tejamkorligi va karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish imkonini beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda davlat xaridlarini bo‘yicha yagona ochiq elektron platforma ishga tushiriladi
/
O‘zbekistonda davlat xaridlarini bo‘yicha yagona ochiq elektron platforma ishga tushiriladi
O‘zbekistonda rasman birinchi mikromoliya banki tashkil etildi
/
O‘zbekistonda rasman birinchi mikromoliya banki tashkil etildi
O‘zbekiston transport infratuzilmasiga $12 mlrddan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi
/
O‘zbekiston transport infratuzilmasiga $12 mlrddan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi