“Uzbekistan Airports” tender bekor qilinganligi to‘g‘risida izoh berdi

Kompaniya ayrim kompaniyalar o‘rtasidagi aloqadorlik faqat jarayon tugallangach aniqlanganini ma’lum qildi

“Uzbekistan Airports” tender bekor qilinganligi to‘g‘risida izoh berdi

Antikorrupsiya agentligi tomonidan “Uzbekistan Airports” AJ o‘tkazgan 6,8 mlrd so‘mlik bodykameralar xaridida qonunbuzilishlar aniqlanib, natijalar haqiqiy emas deb topilgani haqida xabar bergan edik.

Shu fonda “Uzbekistan Airports” rasmiy bayonot bilan chiqib, xarid qonunchilik va davlat xaridlarining belgilangan tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Asosiy tushuntirishlar:

  1. Yakuniy shartnoma qiymati 4,3 mlrd so‘m (QQS bilan) bo‘lgan. 6,8 mlrd so‘m esa tijorat takliflari asosida shakllangan boshlang‘ich narx edi. Takliflar uzairports.com saytida e’lon qilingan tender orqali yig‘ilgan.
  2. Tender o‘tkazilgan vaqtda ishtirokchilar o‘rtasida bevosita bog‘liqlik aniqlanmagan. Uchinchisi sifatida tilga olingan kompaniya tanlovda qatnashmagan, faqatgina zaxira g‘olibi bilan umumiy ro‘yxatdan o‘tish manziliga ega bo‘lgan. Qonunchilik bir xil manzilda bir nechta kompaniya ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlamaydi.
  3. Ayrim kompaniyalar o‘rtasidagi aloqadorlik faqat jarayon tugallangach aniqlangan. Shu sababli, Antikorrupsiya agentligi taqdimnomasi va kompaniya qaroriga asosan, tender natijalari bekor qilingan.
  4. Xarid etender.uzex.uz ochiq elektron platformasida o‘tkazilgan. Arizalar 10–17 iyul 2025 yillarda qabul qilingan. Yakunda ikki taklif tushgan, g‘olib esa eng past narx usuli asosida avtomatik ravishda aniqlangan.

“Uzbekistan Airports” nazorat organlari qarorlarini hurmat qilishini va xarid jarayonlarida maksimal shaffoflik va ishonchni ta’minlash uchun ular bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Uzbekistan Airports” tenderini bekor qildi
/
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Uzbekistan Airports” tenderini bekor qildi
O‘zbekistonda iyul oyida inflyatsiya darajasi 8,9% gacha pasaydi — Markaziy bank
/
O‘zbekistonda iyul oyida inflyatsiya darajasi 8,9% gacha pasaydi — Markaziy bank
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xususiy oliy ta’lim muassasasi videosida ko‘rindi
/
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xususiy oliy ta’lim muassasasi videosida ko‘rindi