Yuksalish” harakati O‘zbekiston eng muvaffaqiyatli va yosh tadbirkorlar reytingini e’lon qildi

Ro‘yxatga IT, kreativ industriya, agrobiznes, savdo, ta’lim va turizm sohalarida faoliyat yuritayotgan yosh biznes yetakchilari kiritilgan

Yuksalish” harakati O‘zbekiston eng muvaffaqiyatli va yosh tadbirkorlar reytingini e’lon qildi

“Yuksalish” jamoatchilik harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekistonning eng muvaffaqiyatli 20 nafar tadbirkori ro‘yxatini taqdim etdi. Ro‘yxatdan kreativ industriya va IT’dan tortib, agrobiznes, chakana savdo, ta’lim va turizm sohalarigacha faoliyat yuritayotgan yosh biznes yetakchilari o‘rin oldi.

Loyiha barqaror biznes natijalarini namoyon etayotgan hamda ishbilarmonlik muhitiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Tashabbusning alohida vazifasi — yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun tahliliy baza shakllantirish va muvaffaqiyatli biznes keýslarini ommalashtirishdan iborat.

Ishtirokchilarni tanlash bir necha bosqichda amalga oshirildi. Dastlab ekspertlar va tadbirkorlar tavsiyalari, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi materiallar tahlili, shuningdek nomzodlarning kasbiy yutuqlari va mukofotlari asosida kengaytirilgan ro‘yxat shakllantirildi. Keyingi bosqichda nomzodlar biznes modellarning innovatsionligi, loyihalarning barqarorligi, obro‘-e’tibor, bozorga ta’sir va ijtimoiy mas’uliyat kabi mezonlar asosida ekspert bahosidan o‘tkazildi. Yakuniy ro‘yxatda o‘rinlar taqsimlanmagan — barcha ishtirokchilar teng maqomda ko‘rib chiqilgan.

Reyting ishtirokchilarining to‘liq ro‘yxati (o‘rinlar taqsimlanmagan):

  • Alina Mirzayeva — “Sintez” reklama agentligi asoschisi;
  • Alisher Akbarov — “Comfi B2B” tizimi asoschisi;
  • Azizbek Qurbanov — “United Ventures” venchur fondi rahbari;
  • Behzod Ashurov — “Bon!” qahvaxonalar tarmog‘i asoschisi;
  • Bekzod Ahmedov — “Agro Food Gastro” xoldingi asoschisi;
  • Bekzod Samig‘yanov — “Safia” tarmog‘i asoschisi;
  • Bobir Zokirov — “Comfort Oil” kompaniyasi asoschisi;
  • Daler Orziyev — “Synergy Pharm Co.” kompaniyasi asoschisi;
  • Dildora Atajonova — “Dalatek System” kompaniyasi asoschisi;
  • Doston Aslanov — “ShoxSaroy Group” asoschisi;
  • Farrux Abdullayev — “Bellissimo Pizza” tarmog‘i asoschisi;
  • Gulbahor Todjimirzayeva — “Guangzhou Shengli Trade Corporation” asoschisi;
  • Jahongir Pulatov — “Cambridge” ta’lim markazlari tarmog‘i asoschisi;
  • Muhammad Ismatov — “Tinchlik Plaza” mehmonxonalar tarmog‘i asoschisi;
  • Rustam Abduvahитov — “Turizm va ko‘ngilochar” kompaniyalar guruhi direktori;
  • Rustam Hamdamov — “Billz” kompaniyasi asoschisi;
  • Sabina Bakiyeva — “FACES” inflyuyenser-agentligi asoschisi;
  • Sardor Primov — “HED” farmatsevtika guruhi asoschisi;
  • Temur Sa’diy — “Ma’no” brending agentligi asoschisi;
  • Charos Kamalova — “Teplo” loyihasi asoschisi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Burger King Toshkentda ilk filialini ochdi
/
Burger King Toshkentda ilk filialini ochdi
Jahon banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $105 mln ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $105 mln ajratadi
Jahon banki O‘zbekistonga infratuzilmani rivojlantirish uchun $250 mln ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonga infratuzilmani rivojlantirish uchun $250 mln ajratadi