O‘zbekiston va Rossiya temir yo‘l yo‘lovchilari uchun moslashuvchan tariflar joriy etadi
Tomonlar davlatlararo yo‘lovchi tashishda tarif siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi
O‘zbekiston va Rossiya yo‘lovchilarni temir yo‘l orqali tashishda moslashuvchan tariflar va chegirmalarni joriy etadi. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati xabar berdi.
5-dekabr kuni O‘zbekiston temir yo‘llari, uning sho‘ba korxonasi O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi va Rossiyaning Federal yo‘lovchi kompaniyasi o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda xalqaro yo‘lovchi tashishni tashkil etish masalalari muhokama qilinib, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarining xalqaro yo‘lovchi tashishni rivojlantirish bo‘yicha ma’ruzalari va taqdimotlari tinglandi.
Shuningdek, tomonlar tarif siyosati va qo‘shma marketing tashabbuslari bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqdi.
Muvozanatli tarif siyosatini shakllantirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Davlatlararo yo‘lovchi tashish sohasida tarif siyosati sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Hujjat asosida muvozanatli tarif siyosatini shakllantirish, yo‘lovchi tashuvlarining raqobatbardoshligini oshirish, tarif yechimlarini birgalikda tahlil qilish, moslashuvchan tariflar va chegirmalar joriy etish, qo‘shimcha xalqaro yo‘lovchi poyezdlari qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro tajriba almashish hamda raqamli yechimlarni qo‘llash bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston temir yo‘llari memorandumning tuzilishi ikki mamlakatda transport tarmog‘ini optimallashtirish va yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash imkoniyatini ochishini qayd etdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ