O‘zbekistondagi AES loyihasi Rossiya sanoatiga $24,7 mlrdgacha buyurtma olib keladi

Loyiha doirasida 2 trln rublgacha buyurtmalar shakllanib, ishlab chiqarishning 30%gacha qismi mahalliylashtiriladi

O‘zbekistondagi AES loyihasi Rossiya sanoatiga $24,7 mlrdgacha buyurtma olib keladi

O‘zbekistonning Jizzax viloyatida qurilayotgan atom elektr stansiyasi (AES) loyihasi Rossiya sanoati uchun yirik iqtisodiy samaralar keltirishi kutilmoqda. Bu haqda “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha doirasida Rossiya korxonalari uchun buyurtmalar hajmi 2 trln rublgacha (taxminan $24,7 mlrd) yetishi mumkin. Ishlarga nafaqat davlat korxonalari, balki xususiy pudratchilar ham jalb etilishi rejalashtirilgan.

“Rosatom” bahosiga ko‘ra, qurilish bosqichida kiritilgan har bir rubl byudjetga 1,5 rubl sifatida qaytadi, stansiya ishga tushgach esa bu ko‘rsatkich 2 rublgacha oshadi. Loyiha Rossiyaning o‘zida ham mingga yaqin mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi.

Yangilangan texnik rejaga muvofiq, AES hududida ikkita VVER-1000 energobloki hamda ikkita RITM-200N qurilmasi o‘rnatiladi. Umumiy quvvat 2110 MVtni tashkil etadi. Hozirda Jizzax viloyatida qurilishning dastlabki bosqichi — beton ishlari boshlangan.

“O‘zatom” agentligi rahbari Azim Axmedxodjayevning ta’kidlashicha, loyiha doirasida asosiy ustuvor yo‘nalish xavfsizlik hisoblanadi. Shuningdek, tomonlar ishlab chiqarish va xizmatlarning kamida 29–30% ini mahalliylashtirishga kelishib olgan.

Qayd etilishicha, AES uchun yetkazib beriladigan barcha mahsulotlar qat’iy laboratoriya nazorati va majburiy sertifikatsiyadan o‘tkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini $2 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston va Tojikiston savdo aylanmasini $2 mlrdga yetkazishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi
/
O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari o‘rtasida 15 dan ortiq hujjat imzolandi
2025-yil oxirida ko‘chmas mulk bitimlari 24,5%ga ko‘paydi
/
2025-yil oxirida ko‘chmas mulk bitimlari 24,5%ga ko‘paydi