“UzAuto Motors” Raqobat qo‘mitasi talabiga ko‘ra shartnoma shartlarini o‘zgartirdi

Xususan, mablag‘larni qaytarish muddati 30 kundan 20 kungacha qisqartirildi

“UzAuto Motors” Raqobat qo‘mitasi talabiga ko‘ra shartnoma shartlarini o‘zgartirdi

“UzAuto Motors”shartnomalardagi bir tomonlama shartlarni bekor qildi, deya xabar qilmoqda Raqobat qo‘mitasi.

Qo‘mitaning qayd etishicha, “UzAuto Motors”ning dilerlik korxonalari taqdim etayotgan shartnomalari o‘rganilganda qonunchilikka nomuvofiq holatlar mavjudligi aniqlangan.

Qo‘mitaning tahlili natijasida kompaniya shartnomasining 21 ta kichik bandi qonun talablariga muvofiqlashtirildi.

Xususan, pulni qaytarish muddati qo‘shimcha shartnoma imzolangan kundan boshlab 30 kunda emas 10 kungacha etib qisqartirildi.

Ishlab chiqaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan hollarda, ishlab chiqarishda vaqtincha uzilish yuz bersa, avtomobilni yetkazib berish muddati 3.1-bandida belgilangan muddatdan 45 kungacha uzaytirilishi mumkinligi sotuvchining majburiyatlari bo‘limida belgilangan edi. Endilikda ushbu band fors-major bo‘limiga ko‘chirildi.

Bir rusumdagi avtomobil uchun bir yilda qayta shartnoma tuzish holati aniqlanganda, avtomobilni yetkazib berish muddati qo‘shimcha 120 kungacha uzaytirilishi mumkin edi. Endilikda bu band to‘liq olib tashlandi. Shuningdek, shartnomada sotuvchining qonunchilikda belgilangan majburiyatlari ham aniq belgilab qo‘yildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% ga tushiriladi
/
O‘zbekistonda issiqxona ishchilari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1% ga tushiriladi
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi
O‘zbekistonda chet el valyutasida lizing berishni qonuniylashtirish taklif qilindi
/
O‘zbekistonda chet el valyutasida lizing berishni qonuniylashtirish taklif qilindi