“UzAuto Motors” Onix va Tracker’ni mahalliylashtirish darajasini 80% ga yetkazishni rejalashtirmoqda

Kompaniya hozirda 135 dan ortiq mahalliy korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlayotganini ma’lum qildi

“UzAuto Motors” Onix va Tracker’ni mahalliylashtirish darajasini 80% ga yetkazishni rejalashtirmoqda

“UzAuto Motors” kelgusi uch yil ichida avtomobil ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini sezilarli oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya ijrochi direktori Odiljon Bastamqulov aytishicha, yangi Chevrolet Onix va Tracker modellarida bu ko‘rsatkichni 80% gacha yetkazish ko‘zda tutilgan.

Hozirda avtomobil ishlab chiqaruvchi 135 dan ortiq mahalliy korxona bilan bevosita hamkorlik qilmoqda. Yana 235 ta ikkilamchi ta’minotchi 1 577 ta ehtiyot qism ishlab chiqarishni ta’minlamoqda. Ular orasida kuzov qismlari, salon jihozlari, shassi, konditsioner va elektr ta’minoti tizimlari mavjud.

Bastamqulovning ta’kidlashicha, Chevrolet Onix va Trackerning yangi modellarida mahalliylashtirish darajasi allaqachon 58% ga yetgan. U mahalliylashtirish 50% dan oshgandagina samarali bo‘lishini qayd etib, barcha ehtiyot qismlar sifat standartlariga mos kelishi zarurligini alohida ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
/
“Hyundai Rotem” poyezdlarida birinchi qatnov 2026-yilning mart oyida yo‘lga qo‘yiladi
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
/
Markaziy bankning mamlakatdagi vazifalari kengaytirildi
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi
/
O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi