“UzAuto Motors” bosh direktori ish haqining 5% miqdorida jarimaga tortildi

Buning sababi qarzni to'lash choralarini ko'rmaslikdir

“UzAuto Motors” bosh direktori ish haqining 5% miqdorida jarimaga tortildi

“UzAuto Motors Powertrain” bosh direktori Bu Inge Andersson ish haqining 5% miqdorida jarima oldi. Bu haqda korporativ ma’lumotlarning yagona portalida xabar berilgan

Jarimaning sababi shundaki, u tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha debitorlik qarzlarini o’z vaqtida hal qilish uchun zarur choralarni ko’rmagan. 

Andersson 2021-yil avgust oyidan beri “UzAuto Motors Powertrain” va “UzAuto Motors” kompaniyalarini boshqarib kelmoqda. Ilgari, 2013 yildan 2016 yilgacha u “AvtoVAZ” rahbari bo’lgan. “UzAuto Motors” kompaniyasiga o’tishdan oldin shved mutaxassisi Yaponiyaning “Yazaki” avtomobil komponentlari kompaniyasining Yevropa bo’linmasini boshqargan.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi “UzAvto Motors” kompaniyasiga nisbatan ish qo’zg’atgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
/
O‘zbekistonda havaskorlar o‘rtasida ADM Global Golf Tour boshlandi
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
/
Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida 23,8 mlrd so‘mlik turistik zona barpo etiladi
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi
/
Fevral oyida aholining sezilgan inflyatsiyasi 11,6%ni tashkil etdi