UzAuto Motors aksiyadorlarga har bir aksiya uchun 975 so‘mdan dividend to‘laydi

To‘lovlar 2025-yil yanvar-mart oylarida amalga oshiriladi

UzAuto Motors aksiyadorlarga har bir aksiya uchun 975 so‘mdan dividend to‘laydi

UzAuto Motors aksiyadorlariga har bir aksiya uchun 975 so‘mdan dividend ajratiladi. Bu haqida ma’lumot Yagona korporativ ma’lumotlar portalida e’lon qilindi.

2025-yil 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan aksiyadorlar yig‘ilishida kompaniyaning 2024-yilning dastlabki 9 oyi uchun foydasidan 264 mlrd so‘m dividend to‘lashga ajratish qarori qabul qilindi.

Bu har bir aksiya uchun 975 so‘mni yoki uning bozor qiymatining 1,3% ini tashkil qiladi. Kompaniyaning qolgan 8,6 trln so‘m sof foydasi esa kompaniya tasarrufida qoldi. Dividendlar 2025-yil 10-yanvardan 11-martgacha to‘lanadi. Dividend olish uchun aksiyadorlar reestri 2025-yil 3-yanvarda yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, Saidazim G‘ulomov UzAuto Motors Powertrain rahbari lavozimiga yangi nomzod tayinlangunga qadar vaqtinchalik boshqaruvchi etib tayinlandi. Yangi rahbar 2025-yil 30-iyungacha tayinlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, 2024-yil 27-dekabr kuni UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain rahbari bo‘lgan Bu Anderson o‘z lavozimidan ketgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
/
“Yuksalish” 40 yoshgacha bo‘lgan 40 nafar yosh rahbar reytingini yangiladi
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
/
O‘zbekistonda tadbirkorlarga biznes faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish huquqi beriladi
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
/
Toshkentda havoni ifloslantirgan qurilish kompaniyasiga 1,23 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi