Prezident Mirziyoyev “Uzagrostar xolding” kompaniyasi tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi

Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish uchun 1 trln so‘mlik imtiyozli kredit ajratiladi

Prezident Mirziyoyev “Uzagrostar xolding” kompaniyasi tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi

“Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi.

Tashqi va ichki bozorlarda talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kesimida bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarni belgilash va ushbu hududlardagi mahallalarda mahsulot yetishtirishning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish bo‘yicha Xolding kompaniya muassisligida ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil etiladi.

Bunda bazaviy tumanlar ixtisoslashgan kompaniyalarning asosiy faoliyati uchun markaz bo‘lib hisoblanadi.

Aholi tomorqalarida va dehqon xo‘jaligi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashuvni rag‘batlantirish maqsadida quyidagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlari joriy etiladi:

  • uzum ko‘chatini shpalerga o‘tkazishga har bir shpaler uchun 15 ming so‘mgacha subsidiya beriladi; 
  • tomorqadagi bog‘larni yangilash uchun “in-vitro” ko‘chat sotib olish xarajatining 50 %i qoplab beriladi;
  • 2025-yilda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularning xaridi uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarga 1 trln so‘m yo‘naltiriladi.

Avvalroq, Kapital.uz Prezident Mirziyoyev o‘tkazgan yig’ilishda 15 ta kompaniyani o‘z ichiga olgan “Uzagrostar” xolding kompaniyasi tashkil etilishi haqida ma’lum qilgan edi

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduq burg‘ilash bo‘yicha bitim tuzdi
/
“O‘zbekneftgaz” Xitoy kompaniyasi bilan 30 ta quduq burg‘ilash bo‘yicha bitim tuzdi
“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
/
“Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi
Toshkent–Samarqand pulli yo‘lida 12 ta kirish-chiqish punkti tashkil etiladi
/
Toshkent–Samarqand pulli yo‘lida 12 ta kirish-chiqish punkti tashkil etiladi