O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni klasterli boshqarish tizimi joriy etiladi
2026–2030-yillarda huquqiy eksperiment o‘tkazilib, boshqaruv kompaniyalari “Mening uyim” orqali tanlanadi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
14-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish va davlat xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimotini ko‘rib chiqdi.
Prezident matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda 44 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylarda 7,1 mlndan ortiq odam yashaydi. Ularga 900 dan ortiq boshqaruv servis kompaniyalari va 200 dan ortiq shirkatlar xizmat qiladi. Shuningdek, 856 ta uyda o‘zini-o‘zi boshqarish tizimi joriy etilgan.
Yashirin daromad va yangi boshqaruv modeli
Xabarda ta’kidlanishicha, mavjud boshqaruv kompaniyalarning aksariyati majburiy badal hisobidan faoliyat yuritmoqda, ularning faoliyatiga investitsiya kiritishga tayyor tadbirkorlar kam.
Ekspertlarning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, yirik shahar va viloyat markazlarida boshqaruv servis kompaniyalarining yashirin daromadlari rasmiy tushumlardan kamida ikki barobar ko‘p. Bularning barchasi sohaga daromad keltiradigan yangi model ishlab chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Shu munosabat bilan 2026−2030-yillarda ba’zi shahar va tumanlarda ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarishning klaster tizimini huquqiy eksperiment sifatida joriy etish taklif qilindi.
Klasterlar, uy toifalari va egalarining ovoz berishi
Eksperiment doirasida uylar holati tahlil qilinib, “yashil, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratiladi, kamida 7 ming xonadondan iborat lotlar shakllantiriladi hamda 5 yillik rivojlantirish dasturlari ishlab chiqiladi.
Lotlar va master-rejalar tuman kengashlari tomonidan tasdiqlanadi, boshqaruvchi tashkilotlar esa “Mening uyim” tizimi orqali mulkdorlar tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tanlanadi.
Boshqaruvchi tashkilotlar uchun minimal moliyaviy va tashkiliy talablar, jumladan, o‘z mablag‘i, moddiy-texnik baza, 24/7 dispetcherlik xizmati mavjud bo‘lishi kabi shartlar belgilanadi.
Shu bilan birga, qo‘shimcha daromad manbalari sifatida maishiy xizmat markazlarini tashkil etish, yengil konstruksiyali qurilmalar qurish va ulardan uzoq muddatli foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.
“Mening uyim”ga qattiq bog‘lam va nazorat
Majburiy badallar hamda boshqaruvchi tashkilotlarning xizmatlardan tushadigan barcha qo‘shimcha daromadlari faqat “Mening uyim” billing tizimi orqali hisobga olinadi. Ushbu tartibga rioya etmasdan badallar hisobini yuritish buxgalteriya hisobi va hisobot talablarini buzish hisoblanadi.
Umumiy mol-mulkni ijaraga yoki tekin foydalanishga berish bo‘yicha shartnomalar soliq organlarida majburiy tarzda hisobga qo‘yiladi. Belgilangan tartib buzilgan taqdirda, boshqaruvchi tashkilot elektron reyestrdan chiqarib tashlanadi.
“Mening uyim” axborot tizimi orqali umumiy yig‘ilishni tashabbus qilish, muhokama o‘tkazish, qaror qabul qilish, shartnoma tuzish, hisobot taqdim etish hamda murojaatlarni yuborish va ko‘rib chiqish imkoniyatlari to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
Agar har chorak yakuni bo‘yicha “Mening uyim” tizimiga hisobot ma’lumotlari kiritilmasa, keyingi oylar uchun majburiy badallarni hisoblash ma’lumotlar kiritilgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi va orqaga qayta hisob-kitob qilinmayd
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ