2026-yildan O‘zbekistonda qo‘shimcha qavat loyihalarini qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi

Zilzilabardoshlik bo'yicha salbiy xulosa olgan loyiha tashkilotlarining reyting ballarini pasaytiriladi

2026-yildan O‘zbekistonda qo‘shimcha qavat loyihalarini qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi

O‘zbekistonda 2026-yildan ko‘p qavatli uylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish loyihalarini qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi. Bu 1-dekabr kuni imzolangan “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini ta’minlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilangan.

Farmonga ko‘ra, quyidagilar bino va inshootlarning zilzilabardoshligi va seysmik xavfsizligini ta’minlashda davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirishning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

  • noqonuniy qurilishlarning oldini olish, ularni erta aniqlash va bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish;
  • qurilish-pudrat tashkilotlarining obyektlar qurilishida zilzilabardoshlikni ta’minlash bo‘yicha javobgarligini kuchaytirish.

2026-yil 1-yanvardan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

  • 2 va undan yuqori qavatli barcha ko‘p kvartirali uy-joylarni instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazishga ixtisoslashgan loyiha tashkilotlarining ro‘yxatini shakllantirish va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida ularning reytingini yuritish;
  • “Shaffof qurilish” MATda instrumental-texnik tekshiruv xulosalari asosida bino va inshootlarning texnik holati monitoringini yuritish;
  • instrumental-texnik tekshiruv xulosalarini tavsiyaviy mazmunda berish amaliyotini tugatish hamda ushbu xulosalar faqat ijobiy bo‘lgan taqdirda, ko‘p kvartirali uy-joylardan kelgusida foydalanishga ruxsat berish.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan:

  • milliy normativ hujjatlarga nomutanosib bo‘lgan qismlar uchun kompensatsiyalovchi choralarni ta’minlash bo‘yicha maxsus texnik shartlar asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish faqatgina “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
  • obyektlarning zilzilabardoshligi bo‘yicha ilmiy hamda loyiha hujjatlarining smeta qismidan tashqari shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi xulosalarini tavsiyaviy mazmunda berish amaliyoti tugatiladi;
  • obyektlarning zilzilabardoshligi bo‘yicha berilgan salbiy xulosalar loyiha tashkilotining “Shaffof qurilish” MATdagi reyting ballarini kamaytirishga asos hisoblanadi;
  • qurilishi boshlangan ko‘p kvartirali uy-joylarga qo‘shimcha qavat qo‘shish, balandligini oshirish uchun shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, tegishli arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish, ekspertizadan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan noqonuniy qurilmalarni buzdirish ishlari narxlari har yil uchun alohida belgilab boriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
/
Toshkentda noqonuniy buzilgan reklama konstruksiyalari uchun kompensatsiya beriladi
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
/
Mobiuzni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi
/
O‘zbekiston va Xitoy agrar sohada $130 mlnlik loyihalarni ishga tushiradi